📌Jizzax shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarga yechim izladilar.
🔸Qabul davomida jami 18 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mutasaddilar tomonidan birma-bir tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish va imkon qadar amaliy yechim topishga alohida e‘tibor qaratildi.
🔸Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlar mas‘ul mutasaddilarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook