35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATNING MAHALLA AHOLISINING UMUMIY MUAMMOLARNI XAL ETISHDAGI ROLI

DEPUTATNING MAHALLA AHOLISINING UMUMIY MUAMMOLARNI XAL ETISHDAGI ROLI

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi deputati bu - tegishli xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan hamda tuman saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. 

Ushbu qonunning 5 moddasiga muvofiq deputat bir nechta huquqlarga ega. Xususan tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; 

tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga; 

tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga; 

deputat so‘rovi bilan murojaat etishga; 

tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan organning qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda ma’lum qilishga; 

tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga; 

saylovchilar bilan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan uchrashuvlar o‘tkazishga va boshqa huquqlarga ega. 

 Shu bilan birgalikda deputatni ma’lum bir hudud, mahalla aholisi saylaganligi uchun ushbu huddagi muammolarni o‘rganadi. Mansabdor shaxslarga mahalla aholisining takliflari va talablari yetkazadi hamda xududdagi muammolarni hal etishda ham faol ishtirok etadi. 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashiga 14-Xo‘jamazgil saylov okurgidan saylangan deputat Shokirov Alijon Olijonovich 2026-yil boshidan shu kunga qadar Xo‘jamazgil maxallasida 3 marotaba va Niyozmat mahallasida 2 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar olib bordi.
Doimiy ravishda har ikkala mahallada bo‘lib mahalla faollari bilan mahalladagi masalalarni muhokama etib boradi. 14-Xo‘jamazgil saylov okrugi hudidaga 2 mahalla
Xo‘jamazgil va Niyozmat mahallari kiradi.
 

Yuqoridagi ikkita mahalladagi saylovchilar manfaotlarni ximoya qilish axolning murojatlarni xal etish borasida joriy yil boshidan bir kancha ishlar amalga oshirildi. 

Xususan joriy yil yanvar oyida har ikkala mahallada ham mahalla raisi va mahalla faollari bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganib chiqildi. 

O‘ranishlar va aholi bilan uchrashuvlar natijasida Niyozmat mahallasi 4 ta muammo va Xo‘jamazgil mahallasida 10 ta muammo aniqlangan edi. 

Aniqlangan muammolarning birinchi navbatda elektr energiyasi, yo‘llarni ta’mirlash va ichumlik suvi bilan bog‘liq masalalarni tashkil etadi. 

Ushbu aniqlarga muammolarni hal etish va ahxolining turmushini yanada yaxshilash maqsadida deputat ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab oldi. Chora-tadbirlar rejasiga asosan yil boshidan ishlarni rejalashtirib bosqichma-bosqich hal etishga erishib kelmoqda. 

Deputatning oldiga qo‘yilgan va murojaatlar asosida Xo‘jamazgil mahalasida elektr energiyasi bilan bog‘lik masalalar yani mahallaning 3 ta qishlog‘iga bosqichma-bosqich yaroqsiz holga kelib qolgan elektr simyog‘ochlarni yangi temir beton ustunlarga almashtirish bevosita deputat tashabbusi va tuman hokimligiga va tuman elektr tarmoqlariga yuborilgan deputat so‘rovlari orqali hal etildi. Deputat tashabbusi bilan jami joriy yil davomida 66 ta beton ustunlar olib kelib o‘tnatishga etirishildi. Bu hududlar mahallaning Xo‘jamazgil qishlog‘i, Cho‘bot, Yangiqishloq, Mullato‘pi va Eshon qishloq hududlariga to‘g‘ri keldi. 

Xo‘jamazgil mahallasi faollari tomonidan yilning boshida ko‘tarilgan 10 ta muammoli masalalarning 5 tasi joriy yilning shu kuniga qadar ijobiy xal etildi.  

Niyozmat mahallasi bo‘yicha ham asosan mahalla aholsini elektr energiyasidagi muammolar va mahalla xudidagi yaroqsiz holga kelib qolgan simyog‘ochlarni almashtirish bo‘yicha muammolarni ko‘tarishgan edi. Niyozmat mahallasida jami 4 ta masala ko‘tarilgan shundan 3 ta elektr ta’minotiga va bitta obodonlashtirish sohasiga tegishli masalalardir. 

Deputat sifatida ushbu mahallaga o‘tgan davr mobaynida 23 dona sim yog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish masalasi bevosita deputat tashabbusi va amaliy harakatlari natijasida olib kelib o‘rnatildi. 

Shu bilan birdagilkda mahallada joylashgan 11 maktab foydalanidigan transformator aholi ham ulangan bo‘lib ushbu transformator ham aholiga ham maktabga
sifatli elektr energiyani yetkazib beraolmayotganligi bo‘yicha saylovchilarning masalasi ham bugungi kunda ijobiy hal etildi.
 

Deputat Shokirov Alijon Olimjonovichning tashabbusi bilan tuman mahalliy budjeti hisobidan Niyozmat mahallasiga bir 1 dona 160 kVa kuchlanishni transfomator xarid qilish uchun tegishli qaror chiqartirishga erishdi. 

Shu bilan mahalladafi aholini birlashtirib elektr energiyasi bo‘yicha bitta masala depuat va fuqarolraning birlashuvi asosida hal etildi. Yani mahalladagi bitta ko‘chaga aholi tomonidan xarid qilingan beton ustunlarga deputat say xarakatlari bilan 2 km AS-25 markali elektr simi olib berildi. 

 Niyozmat maxallasida yil boshidada kutarilgan 4 ta masaladan bungungi kunga kelib 2 tasi ijobiy xal etildi. 

Qo‘shimcha ravishda yuqoridagi ikkita mahallada ham doimiy aholi bilan muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Oldinda Niyozmat mahallasining “Kapali” qishlog‘iga toza ichimlik suvi chiqarish va mahalladagi qolgan yaroqsiz simyog‘ochlarni almashtirish, aholi bilan birga ko‘chalarni shag‘allashtirish bilan boglik masalalar ham yil davomida uzning yetchimini topadi.

✍️ Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi deputati A.Shokirov



Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi

Slide 1 of 6