Obodonlashtirish ishlarida foydalanilayotgan maxsus texnika va inventarlarni yangilash, yetishmayotgan zarur jihozlar bilan ta’minlash.
Shahar hududidagi yashil maydonlarni ko‘paytirish, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish hamda ularni muntazam parvarishlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Deputat D. Danayev tomonidan shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining murojaat va takliflarini tegishli tashkilotlarga yetkazish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish taklif etildi.
Shuningdek, obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash hamda shaharning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish lozimligi ta’kidlandi.