35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin

Prezidentimizning Koreya Eksport-import banki rahbariyati bilan uchrashuvida 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturi imzolanishi qo‘llab-quvvatlangani O‘zbekiston–Koreya iqtisodiy sherikligining ko‘lami yanada kengayayotganini ko‘rsatadi.
Eng muhimi, ushbu hamkorlik sog‘liqni saqlash, transport, ta’lim, muhim minerallar va raqamli texnologiyalar kabi strategik yo‘nalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirishga qaratilmoqda.
Bunday uzoq muddatli moliyaviy hamkorlik mamlakatimizda zamonaviy infratuzilma va yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.