✔️Sizning 2026-yil 20-avgustdagi 80-ds-381-26-sonli murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
✔️Tumandagi 21-sonli umumta’lim maktabi oldidagi ichki yo‘l qismida maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rilgan.
✔️Jumladan, maktab oldiga sun’iy notekislik, “Zebra” piyodalar o‘tish chizig‘i, “30 km/soat” tezlikni cheklovchi yo‘l belgisi hamda piyodalar o‘tish joyini bildiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan.
✔️Shuningdek, ko‘chaning qatnov qismining har ikki tomonida piyodalar yo‘laklari tashkil etilgan hamda hudud kuzatuv kameralari bilan to‘liq ta’minlangan.
✔️Yuqoridagilardan kelib chiqib, 21-sonli umumta’lim maktabi oldidagi ichki yo‘l qismida o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha zarur infratuzilmalar o‘rnatilganligini ma’lum qilamiz.