35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#biriktirilgan_tashkilot #162_qonun

Bugun tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Kambariddinova, Ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar bilan ishlash inspektori N. Xamroyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh. G‘afforov ishtirokida tumandagi 50 ta mahallada xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, ayniqsa, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni chuqur o‘rganishda tuman Kengashi deputatlarini ham faol jalb etish, amalga oshiriladigan ishlarni aniq reja-grafik asosida tashkil etish va natijadorlikni muntazam tahlil qilib borish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Slide 1 of 1