35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 29-SESSIYADA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI

Sessiya kun tartibiga 5 ta muhim masala kiritilib, deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tumanda xususiylashtirish dasturi ijrosi, budjet mablag‘lari xarajatlar yoyilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, “Ochiq budjet” portalining 2026-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining 8 oylik faoliyati hamda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari natijalari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2