#okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbarining aholini doimiy va vaqtincha bandlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholini ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish orqali yangi daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|