35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori asosida mahalliy Kengash deputatlarining hududlardagi faoliyati va biriktirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishlari davom etmoqda.

Galatoy mahallasida 20-Terak tagi saylov okrugi deputati R.Madaminovga biriktirilgan loyiha doirasida hududdagi tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Bannopov Baxtiyorjon tomonidan yuritilayotgan xususiy korxonada kosibchilik yo‘nalishida ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda korxonada 14 nafar xodim mehnat qilmoqda.

Tadbirkor bilan suhbat davomida korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan muammolar, xususan, qish kunlarida elektr energiyasi kuchlanishining pasayib ketishi sababli ishlab chiqarish hajmi kamayishi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur masala deputat tomonidan ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, uni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va muammoni hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Deputatlik o‘rganishi davomida tadbirkorlik subyektining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammoni bartaraf etish hamda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6