35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Alimovning 2026-yilning 8 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

📊 Tumanda 14–30 yoshdagi 16 133 nafar yosh mavjud bo‘lib, 2026-yil xatlovida 225 nafar ishsiz yosh aniqlangan. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida jami 2 mlrd 119 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.

🏢 Shuningdek, 4,7 mlrd so‘mlik “Yoshlar markazi” faoliyati, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati ham muhokama qilindi. Hisobot qoniqarli deb topilib, masalani Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.