⚖️ Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati F. Seydabdullayeva tomonidan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 474-sonli talablari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
🔎 Tadbirda yig‘ilgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, jamoatchilik nazoratining mazmun-mohiyati, fuqarolarning jamiyat va davlat boshqaruvida ishtiroki hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
📋 Suhbat davomida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, qonun talablaridan kelib chiqib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
🏛 Ochiq muloqot va jamoatchilik nazorati — samarali boshqaruvning muhim omili.