35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Professional yondashuv va aniq tahlil: Kengashlar huzurida ekspert guruhlari faoliyat boshladi! 📊

Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, har bir qarorni chuqur ilmiy-amaliy va ekspert tahlilidan o‘tkazish maqsadida viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida ekspert guruhlari tuzildi.

Endi qonun loyihalari, hududiy dasturlar va tahliliy materiallar malakali mutaxassislar va olimlar ishtirokida har tomonlama ko‘rib chiqiladi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning sifati va ta'sirchanligini keskin oshiradi! 🎯

Asosi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qarori.