35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarining ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash hamda fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida Chaharbob ko‘chasi 6-uy manzilida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Isroilovning holidan xabar olindi.

Tashrif davomida fuqaroning onasi bilan suhbat o‘tkazilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari haqida ma’lumotlar olindi. Muloqot jarayonida oilani qiynayotgan masalalar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusida ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqaro va uning oilasiga mavjud ijtimoiy ko‘mak va imkoniyatlardan samarali foydalanish, zarur hollarda tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan masalalarni nazoratga olish va zarur ko‘mak choralarini belgilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6