MANZILLI DASTUR IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Kengashning 2026-yil 17-fevraldagi VII-23-24-7-101-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan “Manzilli dastur” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 Mazkur qaror bilan 2026-yilda mahallalar kesimida aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni chuqur ixtisoslashtirish hamda 9 ta “og‘ir” toifadagi mahallaning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
📍 Shu doirada Qorovultepa mahallasida qaror asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va belgilangan vazifalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
💰 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning qanday yo‘nalishlarga sarflangani, amalga oshirilgan ishlarning belgilangan dasturga muvofiqligi hamda aholiga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.