35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24-BAND: TASHQI REKLAMALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

24-BAND: TASHQI REKLAMALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 24-band doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari deputat N.Allayorova tomonidan Ilm mahallasida olib borilib, hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida joylashtirilgan tashqi reklama vositalarining holati ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish jarayonida tashqi reklamalarning joylashtirilishi, ko‘rinishi hamda amaldagi belgilangan talablarga muvofiqligi tahlil qilindi.

📌 Maqsad — hududda tashqi reklama vositasining tartibli va belgilangan talab asosida joylashtirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish.

Slide 1 of 2