35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Eshon qal’a mahallasining Yakkasaroy ko‘chasi, 73-uyda istiqomat qiluvchi tibbiy xizmatga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqaro G.F. oilasining holati o‘rganildi.
🏠 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti, sog‘lig‘i bilan bog‘liq ehtiyojlari hamda zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🤝 Aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib, oilaga amaliy yordam ko‘rsatish hamda zarur tibbiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.