#162_ta_qonun_ijrosi
📌 Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–682)
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini qonuniy va shaffof tashkil etishda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun muhim huquqiy asosdir. U hujjatlarning yuridik kuchi, qabul qilinishi va ijro tartibini belgilaydi.
Qonunning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi bosh ahamiyati:
Kengash qarorlarining qonuniyligini ta’minlaydi.
Hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish talabini qo‘yadi.
Qaror loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish va rasmiy e’lon qilish orqali shaffoflikni oshiradi.
Qonun ustuvorligi — faoliyatimizning bosh mezoni!