35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#162_ta_qonun_ijrosi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi va yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi o'ttiz birinchi sessiyasi 11-sentabr kuni, soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi
янв.21
Hududni obodonlashtirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Suv quvuridagi muammo deputat nazorati ostida bartaraf etildi
янв.21
Deputat tomonidan 14-DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH XIZMATLARI UCHUN TO‘LOV TARIFLARI MUHOKAMA QILINDI

“Chilonzor tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish va buning natijasida yuzaga kelgan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida mazkur xizmatlar uchun belgilanishi taklif etilayotgan to‘lov tariflarining asoslanganligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, shuningdek, hosil bo‘ladigan qattiq va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mazkur masalani Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda sessiyada muhokama qilish maqsadga muvofiq, deb topildi.
Shu asosda masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish va sessiya muhokamasiga olib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.