Maydonbozor MFY hududida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalarni o‘rganish va ularning yechimini topish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan mahalla raisi va inson ijtimoiy xizmatlari xodimi bilan birgalikda fuqarolarning uy-joy sharoiti, jumladan, uy ta’miriga ehtiyoji o‘rganilmoqda.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar belgilanmoqda.