📌 Xalq bilan muloqot: Murojaatlarning ijobiy yechimi taʼminlanadi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A. Zikiryayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasida aholidan kelib tushgan murojaatlar, ularning bugungi kundagi ijro holati hamda hududlardagi dolzarb muammolar tahlil qilindi.
Kengash raisi har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaati turganini alohida ta’kidlab, biriktirilgan tashkilot mas’ullari bilan birgalikda aholini qiynayotgan muammolarning ijobiy yechimini topish hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha bor imkoniyatlar safarbar etilishini bildirdi.