35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 Xalq tashabbusi bilan boshlangan loyiha — ishlar davom etmoqda!

2026-yil 1-mavsumda O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sherobod tumani Zarabo‘g‘ mahallasidagi Shalqon–Zarabo‘g‘ qishloqlari oralig‘ida mavsumiy oqib keluvchi sel suvlaridan foydalanish maqsadida kichik suv havzasi qurish loyihasi g‘olib deb topilgan.

💰 Loyiha qiymati — 1 500,0 mln so‘m.

🏗 Ayni paytda mazkur loyiha doirasida qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Hududda belgilangan ishlarni sifatli amalga oshirish, loyiha obyektini belgilangan talablarga muvofiq barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi jarayoni bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabo‘g‘ saylov okrugidan saylangan deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich  joyiga chiqqan holda tanishdi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5