35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TINGLANDI

#Deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_qabuli

FUQAROLARNING MUROJAATLARI TINGLANDI

📆 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanovning Zarafshon mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

💬 Ochiq muloqot va bevosita uchrashuv shaklida tashkil etilgan qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal va ijtimoiy masalalar, infratuzilma, uy-joy hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan murojaat, taklif va mulohazalar bildirildi.

📝 Qabul jarayonida har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, masalalarning mazmun-mohiyati va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📈 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi bilan doimiy va samarali muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

🕯 Shu nuqtayi nazardan, bunday qabullar nafaqat fuqarolarning murojaatlarini tinglash, balki ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olish, mas’ullarni biriktirish va muammolarning amaliy yechimini ta’minlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

📁 Bildirilgan murojaatlarning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning natijasi yuzasidan fuqarolarga tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi ta’minlanadi.

🤝 Xalq bilan muloqot — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezoni. Aholining murojaatlari, taklif va tashabbuslari doimo e’tiborda.

Slide 1 of 4