35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
#munosabat

Ijtimoiy himoya — har bir fuqaroning qonuniy huquqi

➡️Ijtimoiy reyestr fuqarolarning davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanishini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois fuqaroni ijtimoiy reyestrga kiritishni asossiz rad etish yoki uni majburan, sun’iy ravishda reyestrdan chiqarish mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir.
➡️Deputat sifatida men, avvalo, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlari qonuniy va adolatli himoya qilinishi tarafdoriman. Har bir fuqaroning murojaati xolis o‘rganilishi, ijtimoiy reyestrdagi maqomi faqat qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqilishi lozim.
➡️Ayniqsa, davlat tomonidan kafolatlangan yordamdan foydalanayotgan fuqarolarni turli asossiz sabablarga ko‘ra ushbu imkoniyatdan mahrum qilishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bunday holatlar aniqlansa, mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘rilishi adolat tamoyilining muhim kafolatidir.
➡️Fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini ta’minlash, murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarini qonuniy hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
👉Adolatli va manzilli ijtimoiy himoya — aholi farovonligining muhim kafolatidir.

Oqila Muzaffarova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,