35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
#162_ta_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 23-Zarafshon saylov okrugi deputati Farhod Suyarov tomonidan “Tepaqishloq” mahallasida fuqarolarning dehqon xo‘jaligi uchun yer olish masalasidagi murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-680-son, 2021-yil 1-aprel talablari asosida fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, dehqonchilik faoliyati uchun yer maydonlari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksionga chiqarilishi va belgilangan tartibda onlayn ishtirok etish orqali xarid qilinishi tushuntirildi.

Mazkur masala yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va amaliy choralarni ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 1