35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna “Qulluqsho” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida:
🔹 mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati;
🔹 hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholini qiynayotgan muammolar;
🔹 fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari;
🔹 mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Uchrashuvda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

📌 Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi doimiy aloqani mustahkamlash, aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish hamda ularning manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4