35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
E’tibor va ko‘mak — inson qadri uchun

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
🔵Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati E.Tursunov Luҡmon MFY, Luҡmon qishlog‘ida yashovchi, «Ayollar daftari»ga kiritilgan M.Sharipovaning xonadondagi sharoitini o‘rgandi.
O‘rganish davomida fuqaroning uy-joyini ta’mirlash va yashash sharoitini yaxshilash uchun qurilish materiallariga ehtiyoj borligi aniqlandi.
🔵Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida deputat E.Tursunov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Raxmonova nomiga deputatlik so‘rovi yuborilib, M.Sharipovaning uy-joyini ta’mirlash uchun zarur qurilish materiallari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
🔵Deputatlik so‘rovi orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
🔵Zero, inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand oilalar muammosiga befarq bo‘lmaslik va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini anglash — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.

Slide 1 of 3