35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi holati o‘rganildi
Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul: Aholini qiynayotgan masalalarga joyida yechim topilmoqda

Termiz shahridagi 13-sonli umumta'lim makatabda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Sh.Lolayev rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida tashkil etilgan muloqotda shahar prokurori, shahar IIB boshlig‘i, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik va o‘zini o‘zi band qilish, doimiy ro‘yxatga qo‘yish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar ajratish hamda kadastr va mulk huquqiga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Muloqot davomida har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, mas’ul tashkilot rahbarlariga masalalarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.

Xususan, fuqarolardan birining maktabga tutash hudud bilan bog‘liq murojaati shahar hokimi tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi va ushbu masala shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi.

Slide 1 of 6