35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S.A. Yuldosheva tomonidan fuqarolar bilan joyiga chiqqan holda uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida hududdagi ijtimoiy masalalar hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Angor tumani “Yangi turmush” mahallasi hududidan o‘tuvchi At-Termiziy ko‘chasida, xususan, Angor buyum bozori hamda “Varona” savdo majmuasi oralig‘ida transport vositalarining qatnov yuklamasi yuqori ekanligi, mazkur hududda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash zarurligi masalasi o‘rganildi.

Mazkur hududda aholining, ayniqsa, piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida piyodalar yer usti yo‘lagini bunyod etish loyihasi deputatlar tashabbusi bilan ilgari surilib, g‘olib deb topilgan.
Deputat tomonidan mazkur loyihaning amaldagi holati, qurilish ishlarining borishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalasi nazoratga olinib, mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida piyodalar yer usti yo‘lagining qurilish jarayoni, hozirgi kundagi bajarilgan ishlar holati, qurilishni yakunlashning belgilangan muddatlari hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘rladi.

Slide 1 of 2