35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi holati o‘rganildi
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” — YANGI O‘QUV YILIGA EZGU QADAM! 🔔📚

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” — YANGI O‘QUV YILIGA EZGU QADAM! 🔔📚

📚 Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 10-At-Termiziy saylov okrugi deputati Kabulova Rano Irkinovna 17-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida faol ishtirok etdi.

🎓 Tadbir davomida o‘quvchilar, ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga ezgu tilaklar bildirilib, ularni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklandi.

🎁 Deputatlar tomonidan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari hamda badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Mazkur sovg‘alar yosh avlodni kitobxonlikka, bilim olishga va ma’naviy barkamollikka undashga xizmat qiladi.

Deputat Rano Kabulova o‘z tabrigida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishi jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ekanini ta’kidladi.

✨ Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimiz uchun ulkan zafarlar, yangi bilimlar va yorqin yutuqlar yili bo‘lishini tilaymiz!
🇺🇿 Bilim — kelajak poydevori!

Slide 1 of 1