O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining IV Plenumi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov ham ishtirok etib, plenum kun tartibidagi masalalar va kelgusidagi vazifalar muhokamasida qatnashdi.
Plenum yakunida partiya faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini kuchaytirish hamda hududlarda samarali ishlarni davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.