Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan Andijon pedagogika texnikumida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ta’lim muassasasining hududi va binolarini yangi o‘quv yiliga hamda bayram tadbirlariga munosib holatga keltirish, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati!