Shunday tadbirlardan biri 4-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova
ishtirok etdi. Tantanali tadbirda maktab jamoasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda bu yil maktab ostonasiga ilk
bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularni bilim olishga, kitob mutolaasiga, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol topishga chorlovchi
fikrlar bildirildi. Viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z so‘zida yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi mamlakatimizdagi islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, yuksak natijalar va ulkan zafarlar tiladi.