Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “O‘rikzor” mahallasidagi 4-son umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarligi, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.
Ko‘tarilgan masalalarning 2 tasi bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli javoblar berildi.
Qolgan muammo deputat I. Qodirova tomonidan xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etilib, zaruratga ko‘ra tegishli doimiy komissiya hamda sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilab olindi.