35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏦 Qonun ijrosi – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yo‘lchiyev tomonidan AT Xalq banki Bekobod tumani filialida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–580-son Qonuni ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida bank faoliyatida qonun talablariga rioya etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati hamda mijozlarga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3