35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Kengashning 8-Baxshitepa saylov okrugidagi Baxshitepa mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. O‘rganish davomida oilaviy nizolarning oldini olish, ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual ishlash hamda oilalar mustahkamligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, muammoli oilalar bilan ishlashda mahalla faollari, nuroniylar, otinoyilar va imom-xatiblar bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalar mustahkamligini ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3