Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari K.Xakimova va I.Qo‘chqorovalar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni hal etish yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Muloqot yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.