🏗 Tashabbusli budjet: xalq tashabbusi — amaliy natija
🇺🇿 “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida Sherobod tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport kompleksi qurish loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan. 🗳🏆
💰 Mazkur loyiha uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 1 648,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
🔎 Ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning holati Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati Abdulahatova Sadoqat Nortojiyevna tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
👷♀️ O‘rganish jarayonida sport kompleksi qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan suhbatlashilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
⚽️ Mazkur loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy sport sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
🌿 Xalq ovozi bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — xalq manfaatiga xizmat qiladigan bunyodkorlik!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.