35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
HAFTALIK_ISH_REJA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov, tuman prokurori X.Gaziyev, IIB boshlig'i Yo.Akaboyev hamda 41401-harbiy qism komandirlari boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov hamda tuman prokurori X.Gaziyev boshchiligida xorijda mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazildi.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish va media faollikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish va media faollikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

📝 Yig‘ilishda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, deputatlik nazorati va ijro intizomini kuchaytirish, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📂 Deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar faoliyatini namunaviy shaklda yuritish, sessiyalarni belgilangan reglament asosida tashkil etish hamda sessiya kun tartibidagi masalalarni deputatlar tomonidan oldindan hududlarga chiqib o‘rganish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔍 Shuningdek, deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, hududlardagi o‘rganishlarda “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dan samarali foydalanish, aniqlangan muammo va takliflarni foto, video hamda boshqa dalillar asosida rasmiylashtirish muhimligi qayd etildi.

🔺 Yig‘ilishda media yo‘nalishidagi ishlarni kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Deputatlarning hududlardagi faoliyati, deputatlik so‘rovlari natijalari, tashabbuslari va aholi manfaatlari yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarini rasmiy ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda mahalliy va respublika OAVlarida keng yoritish zarurligi ta’kidlandi.

🎙 Xususan, deputatlarning dolzarb masalalar yuzasidan televideniye, radio va internet nashrlariga intervyular berishi, ekspertlik fikrlarini bildirishi, tahliliy maqolalar tayyorlashi, shuningdek, ularni mahalliy hamda xorijiy nashrlarda e’lon qilish bo‘yicha media faollikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📊 Tuman Kengashlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, e’lon qilinayotgan materiallarning soni va sifati ham tahlil qilinib, deputatlar faoliyatiga oid postlar, intervyular, maqolalar, videolavhalar va reportajlarni ko‘paytirish, amalga oshirilayotgan ishlarni keng va tezkor yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan deputatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, kotibiyatlarning tashkiliy-uslubiy ko‘magini kuchaytirish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish hamda deputatlarning media maydonidagi faolligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5