35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
HAFTALIK_ISH_REJA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov, tuman prokurori X.Gaziyev, IIB boshlig'i Yo.Akaboyev hamda 41401-harbiy qism komandirlari boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov hamda tuman prokurori X.Gaziyev boshchiligida xorijda mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazildi.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Chuqursoy mahallasida to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Chuqursoy mahallasida to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimov tomonidan Olmazor tumani “Chuqursoy” mahallasida obodonlashtirish ishlari natijasida to‘planib qolgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududning sanitariya holatini yaxshilash masalasi yuzasidan “Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasi boshlig‘i K.Nabiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🌳 Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Olmazor tumani 10-“Chuqursoy” saylov okrugiga kiruvchi hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida shakllantirildi.

🔺 O‘rganishlar davomida “Chuqursoy” mahallasida obodonlashtirish ishlari yaxshi tashkil etilgani, hashar yo‘li bilan hududlar turli chiqindilardan tozalangani, daraxtlarga estetik ishlov berilgani va mahallaning umumiy ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

⚠️ Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlari natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar mahalladagi chiqindi yig‘ish joyida, shuningdek, Qora-qamish 1/4 dahasi 16-uy yonida to‘plangan daraxt shoxlari bir necha kundan buyon olib chiqilmayotgani aniqlandi. Mazkur holat hududning sanitariya-ekologik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholi orasida asosli e’tirozlarga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

🗣 Masalaning yana bir muhim jihati — chiqindilar to‘planib qolgan hududga yaqin joyda 52-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashganidir. Shu sababli hududdagi sanitariya va ekologik holatni talab darajasida saqlash bolalar salomatligi hamda xavfsizligi nuqtayi nazaridan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

📉 Shu munosabat bilan deputat Saidmurod Ibragimov “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan “Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK boshlig‘i K.Nabiyevdan “Chuqursoy” mahallasida to‘planib qolgan chiqindilar hamda Qora-qamish 1/4 dahasi 16-uy yonidagi daraxt shoxlarini zudlik bilan olib chiqish va hududni sanitariya jihatidan tartibga keltirish choralarini ko‘rishni so‘radi.

♻️ Shuningdek, 52-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tutash hududda sanitariya-ekologik holatni talab darajasida ta’minlash hamda kelgusida obodonlashtirish ishlari natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash masalasi ham deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan.

⏳ “Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK boshlig‘i K.Nabiyevdan amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, asosiy e’tibor mahallada tozalikni ta’minlash, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilash va aholi uchun obod hamda qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1