Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi Kotibiyati mudiri N. Mo‘minova hamda bosh mutaxassis Sh. G‘afforov tomonidan Muborak mahallasida mahalla yettiligi, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ajrim yoqasidagi oilalar, xotin-qizlar migratsiyasi, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, erta turmushning oldini olish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.