Mazkur markazni barpo etish tashabbusi 2025-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumida qo‘llab-quvvatlanib, 800 million so‘m mablag‘ yutib olindi. 2026-yil 1-mavsumida esa markazni zamonaviy jihozlash uchun zarur mablag‘lar qo‘lga kiritildi.
Bugun markazda 6 ta tikuv mashinasi, 32 ta kompyuter, o‘quv xonalari uchun parta va stullar, shuningdek, duradgorlik hamda pazandachilik xonalari uchun zarur jihozlar mavjud.
Endilikda o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida turli kasb-hunar to‘garaklarida muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa yoshlarning nafaqat puxta bilim olishi, balki zamonaviy kasb va hunarlarni egallab, kelajakda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.
“Kasb markazi” — o‘quvchilar uchun Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasidagi munosib tuhfa, yoshlar kelajagiga qaratilgan yana bir muhim qadamdir.