35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimiga e’tibor
янв.21
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
HAFTALIK_ISH_REJA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov, tuman prokurori X.Gaziyev, IIB boshlig'i Yo.Akaboyev hamda 41401-harbiy qism komandirlari boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov hamda tuman prokurori X.Gaziyev boshchiligida xorijda mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazildi.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Kengash_qarori_ijrosi

"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayevaning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining 2026-yil 1-maydagi VII-20-35-8-113-K/26-sonli qaror asosida ajratilgan mablag‘larning birinchi guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini “yashil” ta’mirlash ishlariga yo‘naltirilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, mablag‘larning maqsadli sarflanishi, xonadonlarda olib borilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda bajarilgan ishlarning amaldagi holati xonadonma-xonadon o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7