YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmurodovich tomonidan KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan Yangiariq mahallasida “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
👥 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bevosita joyida tinglanib, ularning taklif va mulohazalari o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolarga manzilli yondashish va amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ Mazkur uchrashuv fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🏘 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash va muammolar yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.