35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi

#24_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi

21-Zarafshon saylov okrugi
Mirzakulov Shohruh Urinovich

1. Zarafshon mahallasida 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish
Maqsad:
Mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, ular uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish.
Kutilayotgan natija:
Mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi oshadi, ota-onalarga qulaylik yaratiladi hamda 150 nafar bola uchun zamonaviy ta’lim-tarbiya sharoiti yaratiladi.

2. Choshtepa mahallasida 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish
Maqsad:
Mahallada maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya bilan ta’minlash va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Kutilayotgan natija:
150 nafar bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi, mahalladagi maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1