HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ziyokor mahallasida profilaktik nazoratda turuvchi fuqarolar bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammolari hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhim vazifalardan biridir.
📌 Shu nuqtayi nazardan, profilaktik nazoratda turuvchi fuqarolar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning muammolarini o‘rganish va zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
💬 Uchrashuvda fuqarolarga qonun talablariga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda huquqbuzarlik sodir etishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan saqlanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🏘 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlandi.
🌟 Bunday uchrashuvlar mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Qonun ustuvorligi — tinch va osoyishta hayot kafolatidir!