FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14–Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva saylangan hududda Kengash bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring davomida hududdagi aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilindi hamda ularning murojaat va takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlar tegishliligiga ko‘ra o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.
Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda hal etish yuzasidan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.