35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuvida sud-huquq islohotlarining amaliy natijalari hamda sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilingani alohida ahamiyatga ega.

🌏Deputat sifatida ta’kidlash joizki, sud tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi — inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni ta’minlash hamda fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashdir. Sudlarning mustaqilligi, qonuniylik va adolat tamoyillarining ta’minlanishi jamiyatda huquqiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌏Ayniqsa, sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, fuqarolarning murojaatlarini xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.

🌏Biz, xalq vakillari sifatida, hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasidagi ishlarni izchil qo‘llab-quvvatlaymiz.

🌏Eng muhimi, har bir fuqaro o‘z huquqi va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga qat’iy ishonch bilan yashashi lozim. Bu esa adolatli va demokratik jamiyat barpo etish yo‘lidagi islohotlarning muhim natijasidir.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O.SHerov