35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 AHOLI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Saidova Nigora Rajabboyevna tomonidan “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi aholisining murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

Ma’lumki, mahallada aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv va uyma-uy o‘rganishlar davomida P. To‘lakov berk ko‘chasining 200 metr qismini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Fuqarolarning mazkur murojaatini e’tiborga olgan holda, deputat tomonidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari Musayev Elbek Jo‘rayevich nomiga deputatlik so‘rovi kiritildi.

📌 So‘rovda P. To‘lakov berk ko‘chasining 200 metr qismini asfaltlashtirish masalasini tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish, uni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar haqida asoslantirilgan yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Bu — aholi murojaatini eshitish bilan cheklanib qolmasdan, uning yechimi uchun aniq masala qo‘yish va natijasini nazoratga olishga qaratilgan deputatlik faoliyatining amaliy ko‘rinishidir.

Aholi murojaati — e’tiborda.
Muammo — nazoratda.
Yechim — amaliy harakatda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4