35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida suv ta’minoti masalasi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tomonidan Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida yashovchi aholi murojaatlari o‘rganilib, hududdagi muhim muammolardan biri — tomorqa yer maydonlari hamda fermer xo‘jaliklarini zarur suv bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Mazkur qishloqlarda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirish hamda fermer xo‘jaliklari faoliyatini barqaror tashkil etishda suv ta’minoti muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️Shu munosabat bilan deputat B. Yusupov tomonidan muammoni amaliy hal etish, suv yetkazib berishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa va fermer xo‘jaliklari yer maydonlariga zarur suvni yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori D. Marupov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Deputat so‘rovida mazkur hududlarda suv ta’minotini yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi hamda fermer xo‘jaliklarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2