35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H. Karaeva hamda doimiy komissiya a’zolari hamkorligida hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining  02.0.9.1993 yildagi  “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunning 19 prim 1 -moddasiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasining 26.08.2015 yildagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonun ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Jumladan, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, sanitariya nazoratini olib borish, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi faoliyat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
✅Mas’ullar bilan suhbat davomida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni kelgusida ham tizimli ravishda nazorat qilib borish, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish va hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8